GM Uzbekistan darhol olib ketish uchun 398 dona avtomobil taklif qildi

Bugun savdoda 325 dona Spark va 73 dona Cobalt avtomobili bor.
Sputnik

TOShKENT, 24 okt - Sputnik. 24-oktabr holatiga GM Uzbekistan AJ rasmiy dilerlari tomonidan “45 daqiqada avtomobil!” dasturi bo‘yicha xaridorlarga 398 dona avtomobil taklif qilinmoqda.

GM Uzbekistan “shapkasiz” avtomobil xarid qilish uchun shartnomalar tayyorlab qo‘ydi

Bugun savdoda 325 dona Spark va 73 dona Cobalt avtomobili bor.

Pozitsiyalar kesimida Spark 2-poz M/T, 3-poz A/T, 4-poz yevro A/T, 2-poz yevro M/T, Cobalt 1-poz yevro A/T, 1-poz yevro M/T, 4-poz yevro A/T, 2-poz yevro A/T taqdim etilgan.

Kompaniya turli vajlarda qo‘shimcha mablag‘ talab qilish holatlari yuzaga kelsa zudlik bilan kompaniyaning Call-markazi yoki O‘zbekiston Bosh prokuraturaga murojaat qilish so‘ralgan.

Eslatib o‘tamiz, GM Uzbekistan “shapkasiz” avtomobil xarid qilish uchun shartnomalar tayyorlab qo‘yganligi haqida xabar bergandik.

Shundan 9486 dona “Spark”, 2007 dona “Nexia”, 3325 dona “Cobalt”, 6515 “Lacetti” hamda 2725 dona “Malibu” bo‘yicha shartnomalar mavjudligini ma’lum qilgandi.