O‘zini MIB xodimi sifatida tanishtirgan firibgar qo‘lga tushdi

Firibgar Yunusobod tumani Markaz 6-dahadagi xonadonolardan birini arzon narxda olib berishini va’da qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 23 okt - Sputnik. O‘zini MIB xodimi sifatida tanishtirgan qo‘lga olindi, deb xabar qildi IIV matbuot xizmati.

Sergelidagi mashina bozorida to‘pponcha bilan yurgan erkak qo‘lga olindi

Xabarda aytilishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanida joriy yilning 22-oktabr kuni IIVga tushgan hujjatlarga ko‘ra, shu yil may oyida Toshkent viloyati Zangiota tumani “Bo‘zsuv” QFYda yashovchi O.U., Toshkent tumanida yashovchi X.S.ga o‘zini MIB xodimi deb tanishtirib, unga Yunusobod tumani Markaz 6-dahadagi xonadonolardan birini MIB tomonidan xatlangan va auksion savdosiga qo‘yilgan mulk sifatida ko‘rsatib, 2 oy muddat ichida arzon narxda olib berishini va’da qilgani va aldov yo‘li bilan 17-may kuni undan 31 ming dollarini olib, bergan va’dasini bajarmaganligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib,  O.U. qo‘lga olingan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.