TOShKENT, 22 okt - Sputnik. Yangi “Moskva – Qozon” tezurar magistarali va uni Xitoyga davom ettirish barcha ekologiya talablariga javob beradigan tarzda amalga oshirilishi kerak, dedi hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin jurnalistlarga.
“Biz ushbu yo‘nalishdan maksimal darajada daromad olishimiz mumin, men Xitoydan yuk tranzitini aytayapman. Lekin bu ekologlar talablarini inkor qilish degani emas. Butun magistral bo‘ylab ekologiya talablariga javob beradigan yechimlarni topish kerak”, dedi Kudrin Strateglar forumida.
Biroz oldin, RIA Novostiga “Ekograd” jurnali bosh redaktori Igor Panarin ushbu temiryo‘l qurilishida suv kalamushlari va boshqa hayvonlarga zarar yetishi mumkinligi va ushbu masala keng jamoatchilik ishtirokida chuqur o‘rganilishi kerakligini aytgan edi.
RJD vitse-prezidenti Aleksandr Misharin aytishiga qaragandan yangi “Moskva – Qozon” temiryo‘li tabiiy sharoitga do‘stona uslubda yaratiladi, uning shovqini avtomobil yoki oddiy poyezddan ancha kam bo‘ladi, bo‘lajak temiryo‘lini kesib o‘tish uchun 89ta hayvon yo‘laklari ham qurish rejalashtirilgan, degan edi.
Yangi temiryo‘ldan poyezdlar soatiga 200 dan 400 km/gacha tezlikda harakatlanishi mumkin bo‘ladi. Ayni damda Rossiyada bunday yo‘llar yo‘q. Moskva – Qozon tezurar magistrali ana shunday yo‘llarning birnchisi bo‘lishi mumkin. Uning qiymati 1,2 trillion rublga baholanmoqda.