“Uddaburon” jinoyatchi ketchup yordamida pensionerlar pulini o‘g‘irladi

Noan’anaviy tarzda o‘g‘rilik qilgani uchun Ruminiya fuqarosiga 2,5 yil qamoq jazosi tayinlandi.
Sputnik

TOShKENT, 22 okt – Sputnik. Buyuk Britaniyada 64-yoshli ruminiyalik Titus Jaliya ketchup yordamida keksa yoshdagi kishilarning pullarini o‘g‘rilaydi.

AQShda it o‘z egasiga jinsiy jinoyat bo‘yicha jazodan qutulib qolishga yordam berdi

Metro UK nashri xabar berishicha, may va iyun oylarida “uddaburon” jinoyatchi noan’aniy usulda 8 ta o‘g‘irlik sodir etishga ulgurdi.

Ushbu kishi keksa yoshdagi kishilarni bank oldi kutib turadi. Ular ortidan borib, ularga yashirincha ketchup sepadi va vahima bilan ularga qon ketayotganini aytadi.

Pensionerlar hayron bo‘lib, nima bo‘lganini tushunguncha, Jaliya ular yonidagi pullarini o‘g‘rilaydi.

Jinoyatchi kishi ashyoviy dalil bilan qo‘lga olinadi.

Sud unga 2,5 yil qamoq jazosini beradi. Jaliya Ruminiyaga ekstraditsiya qilinishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U yerda jazoni o‘taydi.