Hindistonlik bolakay rolikda uchish bo‘yicha antiqa rekord o‘rnatdi

Hindistonda Limbo skeyting - shpagat holatida rolikda uchish 8-16 yoshli bolalar orasida juda ommaviylashgan.
Sputnik

TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Hindistonlik 8 yoshli Tilak Keysam ismli bolakay rolikda uchish bsho‘yicha yangi jahon rekordi o‘rnatdi.

Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan ushbu antiqa rekordni o‘rnatish uchun yosh sportchi shpagat holatida, balandligi 30 sm bo‘lgan to‘siqlar ostidan, rolikda 145 metr masofani bosib o‘tdi

Hindistonda yosh bolalar orasida ushbu sport turi – shpagat holatida rolikda uchish juda ommaviy sport turi hisoblanadi. Uning alohida nomi ham bor – Limbo skeyting.