TOShKENT, 21 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putining O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi. Bugun tongda Toshkent aeroportida uni Shavkat Mirziyoyev va boshqa rasmiy shaxsla kuzatib qo‘yishdi.
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifining asosiy tadbirlari 19 oktabr kuni Ko‘ksaroyda bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida 20 ta hujjat imzolandi. Undan tashqari tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan "Rossiya - O‘zbekiston" biznes forumida umumiy qiymati 27 milliard dollar bo‘lgan 800 dan ortiq shartnomalar imzolangan edi.
20 oktabr, shanba kuni Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin Qozog‘istonning Toshkent bilan chegaradosh bo‘lgan Sariagash shahrida bo‘lib, Nursultan Nazarbayev bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazishdi.
Vladimir Putinning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi