Shavkat Mirziyoyev Vladimir Putinni kutib oldi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston rahbari kutib oldi.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston va Rossiya 20 milliard dollarlik shartnomalar imzolaydi

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni O‘zbekiston rahbari kutib oldi. Prezidentlar shu yerda qisqa suhbat o‘tkazdi.

Tashrifning asosiy tadbirlari 19-oktabr kuniga belgilangan.

Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlik doirasida yangi qo‘shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollarini muhokama qiladi, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashadi.

Tashrif yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, yigirmata hujjat imzolanishi rejalashtirilgan. Shuningdek, O‘zbekiston va Rossiyaning yetakchi kompaniyalari hamda sanoat korxonalari o‘rtasida yirik investitsiya va savdo shartnomalari imzolanishi ko‘zda tutilgan.