Vladimir Putin Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi

Vladimir Putin Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi, deb xabar qildi prezident matbuot xizmati.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi.

Vladimir Putin Mustaqillik va ezgulik monumentiga gul qo‘ydi

 

Davlat rahbarlari ilk bor o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston-Rossiya” hududlararo hamkorlik forumida ishtirok etish uchun “O‘zekspomarkaz”ga yo‘l oldi.