Toshkentda InnoWeek – innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib  o‘tadi

Innvatsion g‘oyalar haftaligida xorijiy sarmoyadorlarning O‘zbekiston ishbilarmonlan doiralari bilan uchrashuvlari rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Toshkentda 22-26 oktabr kunlari “O‘zekspotsentr” - milliy ko‘rgazmalar markazida InnoWeek – innovatsion hoyalar haftaligi bo‘lib  o‘tadi, deb xabar qilmoqda O‘zA.

“InnoWeek” dasturi doirasida innovatsion texnologiyalar birinchi xalqaro yarmarkasi, xalqaro innovatsion va investitsion forum va yoshlar robototexnika chempionati bo‘lib o‘tadi", - deyilgan xabarda. 

Tadbirda O‘zbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi vakillari, mahalliy va xorijiy yetakchi ilmiy – izlanish muassasalari va korxonalari vakillari, investitsion fondlar, texnologik agentliklar, texnoparklar va biznes inkubatorlar ishtirok etadi.

Innovatsiya, innovatsiya, innovatsiya: bizga u nimaga kerak?

Tadbirda Avstraliya, Britaniya, Gollandiya, Italiya, Isroil, Rossiya, Turkiya, Estoniya, Eron, Qozog‘iston va AQSh vakillari ishtirok etadi.

O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vazirligi xabariga ko‘ra, “InnoWeek” – bu bo‘lajak sarmoyadorlar va O‘zbekiston ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashuvlar hamda O‘zbekistonda va xorijda ishlab chiqilgan yangi texnologiyalarni namoyish qilishga qaratilgan.

Hafta davomida shuningdek, ijtimoiy, iqtisodiy, moliya, qishloq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi sohalarida ishlab chiqilgan innovatsiyalar namoyish qilinadi.