Putin va Mirziyoyev O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin loyihaning amalga oshirilishiga start berishdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Bugun, 19-oktabr kuni O‘zbekistonda birinchi AES qurilishi loyihasining amalga oshirilishini boshlab berishga bag‘ishlangan tantanali marosim o‘tkazildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Putin Mirziyoyev unga yuqori baho berganini aytdi

Tadbir bo‘lg‘usi atom elektr stansiyasini qurish uchun maydon tanlashda muhandislik tadqiqotlarining boshlanishini belgilab berdi.

AESning qurilish loyihasi SSER-1200 rusumdagi reaktorlar bilan jihozlangan ikkita energoblokning qurilishini o‘z ichiga oladi. Mazkur energobloklar 3+ avlodiga tegishli bo‘lib, zamonaviy texnologiyalarning ishonchliligini sezilarli darajada oshirgan holda, AEXAning zamonaviy xavfsizlik talablariga to‘la javob beradi.

Putin va Mirziyoyev O‘zbekistondagi birinchi AES qurilishiga start berdi

Tantanali marosim tadqiqot ishlari olib borilayotgan maydonlardan biri va Toshkent o‘rtasida o‘rnatilgan tele ko‘prik orqali bo‘lib o‘tdi. Teleko‘prik doirasida Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin loyihaning amalga oshirilishiga start berishdi.

O‘zbekiston Bosh vazir o‘rinbosari Alisher Sultonov va “Rosatom” Davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachov loyihani amalga oshirishni boshlash uchun barcha shart-sharoit yaratilgani borasida hududdagi maydondan hisobot berishdi.

Marosimdagi nutqlardan so‘ng ikki davlat rahbarlari ramziy tugmani bosish orqali, seysmologiya, geologiya, ekologiya va iqtisodiy jihatdan muvofiqligi o‘rganilgandan so‘ng tanlab olingan ustuvor yer maydonlardan biridagi tuproq namunalarini olish uchun burg‘ilash ishlariga start berdi.

Stansiyani 2028-yilgacha ishga tushirish rejalashtirilgan.

Atom elektr stansiyasi barpo etilishi natijasida yiliga 3,7 milliard kub metr tabiiy gaz tejaladi.