O‘zbekiston va Rossiya muzokaralari yakunlari bo‘yicha hujjatlarni imzolash marosimi boshlandi

Vladimir Putin va Shavkat Mirziyoyev Qo‘shma bayonotni imzolashdi.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Rossiya muzokaralari yakunlari bo‘yicha hujjatlarni imzolash marosimi boshlandi.

Marosimda davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilindi. Shuningdek, vazirlik va idora rahbarlari tomonidan imzolangan ikki tomonlama hujjat almashildi.