TOShKENT, 19 okt – Sputnik. Lukoyl direktori Vagit Alekperov O‘zbekiston shimoli neft qidirish uchun imkoniyat mavjudligini aytdi, RIA Novosti xabariga asosan.
“Lukoyl” “O‘zbekneftgaz” bilan birgalikda, umumiy maydoni 45 ming kvatrat kilometr bo‘lgan ushbu hududda, razvedka qazish ishlari olib borishga qaror qildi, dedi Rossiya kompaniyasi rahbari.
“Mutaxassislar dastlab tarixiy seysmik jarayonlarni, keyin – zamonaviy seysmikani o‘rganib chiqishadi va ularning natijasiga asosan razvedka qazish ishlari uchun asos bor yoki yo‘qligini aniqlashadi”,- dedi Alekperov.
Juma kuni O‘zbekiston va Rossiyaning neft kompaniyalari o‘zaro tushunish haqida memorandum imzolashgan edi. Memorandum 2-yil muddatga tuzilgan.
Eslatib o‘tamiz, “Lukoyl” shu vaqtga qadar O‘zbekistonga eng yirik miqdorda sarmoya kiritgan xorijiy kompaniya hisoblanadi. Kompaniya umumiy sarmoyalar miqdori 6 mlrd dollarga yaqin.