GM Uzbekistan “shapkasiz” avtomobil xarid qilish uchun shartnomalar tayyorlab qo‘ydi

Avtomobil xarid qilishni istagan xaridorlar shartnoma tuzish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri dilerlarga murojaat qilishlari mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 19 okt – Sputnik. GM Uzbekistan joriy yil 19-oktabr holatiga dilerlarda avtomobil xarid qilish uchun 24 058 dona shartnomalar mavjudligini ma’lum qildi.

Korrupsiya va “antisanitariya”: GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan ishni to‘xtatdi

Shundan 9486 dona “Spark”, 2007 dona “Nexia”, 3325 dona “Cobalt”, 6515 “Lacetti” hamda 2725 dona “Malibu”.

Shartnomalarni olish uchun murojaat qilish mumkin bo‘lgan dilerlik avtosalonlari ro‘yxati bilan  havola orqali tanishish mumkin.

Xabarda aytilishicha, taqsimot asosida avtomobil xarid qilishni istagan xaridorlar shartnoma tuzish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri dilerlarga murojaat qilishlari mumkin.

Ro‘yxat kunlik tarzda yangilanadi hamda imzolangan shartnomalarga qarab o‘zgarib boradi.