O‘zbekiston va Rossiya 20 milliard dollarlik shartnomalar imzolaydi

Vladimir Putin tashrifi doirasida O‘zbekiston va Rossiya 20 milliard dollarlik shartnomalar imzolashni rejalashtirgan.
Sputnik

TOShKENT, 18 okt - Sputnik. Vladimir Putin tashrifi doirasida O‘zbekiston va Rossiya 20 milliard dollarlik shartnomalar imzolashni rejalashtirgan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti, O‘zbekiston Iqtisodiyot vaziri Botir Xo‘jayevga asosan.  

“Yirik shartnomalar to‘plami va sarmoyaviy loyihalarga doir kelishuvlar imzolash rejalashtirilgan. Ularning umumiy qiymati 20 milliarda dollarga yaqin”, - dedi Xo‘jayev birinchi bugun Toshkentda ish boshlagan O‘zbekiston – Rossiya hududlararo forumi doirasida.

Shuningdek, iqtisodiyot vaziri so‘zlariga ko‘ra, muzokaralar yakunida 2019 – 2024-yilllarga mo‘ljallangan O‘zbekiston  va Rossiya iqtisodiy hamkorlik dasturi ham imzolanadi.