Toshkentda O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi boshlandi

Ekspertlar fikriga ko‘ra, bu forumni yorqin va samarali deya atash mumkin, chunki bu sohada ikki davlat o‘rtasida munosabat davomida bunday katta darajada hech qachon bo‘lmagan.
Sputnik

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Toshkentda “Yangi iqtisodiyot uchun yangi kadrlar” nomli O‘zbekiston-Rossiya ta’lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

O‘zbekiston va Rossiya 20 milliard dollarlik shartnomalar imzolaydi

Ekspertlar fikriga ko‘ra, bu forumni yorqin va samarali deya atash mumkin, chunki bu sohada ikki davlat o‘rtasida munosabat davomida bunday katta darajada hech qachon bo‘lmagan.

Toshkentga Rossiyaning 80 ta oliygoh vakillari kelishgan.

Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti rektori Viktor Sadovichiy so‘zlariga ko‘ra, forumning bosh muvafaqqiyati Rossiya va O‘zbekiston oliygohlari hamkorligi haqida 100 dan ortiq hujjatlar imzolanadi. Shuningdek, ta’lim sohasidagi oldingi o‘zaro munosabatlari an’analari tiklanadi.

O‘z navbatida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori o‘z nutqida oliygohning Moskva universtiteti bilan ko‘p yillik hamkorlik tarixiga ega ekanligi alohida ta’kidlab o‘tildi.

Ta’lim forumi o‘z ish faoliyatini davom etmoqda. Mutaxassislar ko‘plab masalalarni muhokama qilishadi. Natijasi bo‘yicha yakuniy rezolyutsiya qabul qilish kutilmoqda.