Moskvada Islom Karimov haykali ochildi

Ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy Majlis Senat raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, birinchi prezident rafiqasi Tatyana Karimova, O‘zbekiston xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va O‘zbekiston elchixonasi vakillari qatnashdi.
Sputnik

TOShKENT, 18 okt – Sputnik. Moskvada O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov haykali ochildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Ochilish marosimida O‘zbekiston Oliy Majlis Senati raisi Nig‘matilla Yo‘ldoshev, O‘zbekiston birinchi prezidentining rafiqasi Tatyana Karimova, O‘zbekiston xavfsizlik Kengashi kotibi Viktor Maxmudov va O‘zbekiston elchixonasi vakillari qatnashdi.

Rossiya tomonidan Sovet Federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Nikolay Fedorov, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Grigoriy Karasin, Moskva meri o‘rinbosari Aleksandr Gorbenko va diniy tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Moskvada Islom Karimov haykali ochildi

Moskvadagi Islom Karimov haykali muallifi – britaniyalik haykaltarosh Pol Dey.

Haykal Moskvadagi “Polyanka” metro bekati va O‘zbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov nomli xiyobonda joylashgan. Monumentda O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov Samarqand shahridagi Registon maydonida tasvirlangan.