TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Shu yil 18-iyul kuni noma’lum shaxs Toshkent shahrining Mirzo Ulugbek tumanida 5 ta turli rusumdagi avtomashinalarining old va orqa tomon davlat raqam belgilarini yechib olib, avtomashinalarga qo‘lda yozilgan “svajites so mnoy v telegramme @vash nomer”-deb yozilgan ma’nodagi xatlarni qoldirib voqea joyidan yashiringan.
Ichki ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Bektemir tumanida yashovchi T.D. sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olingan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.