Moskvada Islom Karimov haykali ochilish arafasida

Moskva markazida, O‘zbekiston elchixonasi yaqinida Islom Karimov haykali o‘rnatildi va obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Moskva markazida O‘zbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimov haykali o‘rnatildi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Haykal Polyanka metro bekati va O‘zbekiston elchixonasi yaqinida, 1 Kazachiy ko‘chasidagi 13 uy va Bolshaya Polyanka ko‘chasidagi 39 uylar orasida, Islom Karimov  nomli xiyobonda joylashgan.

Ayni damda haykal oq mato bilan o‘ralgan, uning atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. O‘zbekiston elchixonasi haykalning ochilish sanasi hozircha noma’lum ekanini xabar qilmoqda. 

Moskvada Islom Karimov haykali ochilish arafasida

Ushbu monument Moskva shahriga Islom Karimov fondi tomonidan taqdim etilgan. Haykal muallifi britaniyalik haykaltarosh Pol Dey. Monumentda O‘zbekiston Birinchi prezidenti Samarqand shahridagi Registon maydonida tasvirlangan.

Eslatib o‘tamiz, Moskvada Islom Karimov haykali o‘rnatish va xiyobonlardan biriga O‘zbekiston Birinchi prezidenti nomini berish haqidagi qaror Moskva shahar ma’muriyati tomonidan 2016-yilda qabul qilingan edi.