Yulduz Usmonova paxta dalasida bepul qo‘shiq kuyladi

O‘zbekiston estradasi primadonnasi dalada paxta terimchilariga konsert berdi.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. Xonanda Yulduz Usmonova Jizzax viloyatidagi paxta dalada bepul konsert berdi, deb xabar qildi Podrobno.uz nashri.

O‘zbekiston estradasi primadonnasi “Buyuk ipak yo‘li” qishlog‘ida paxta terimchilari uchun dalada  konsert berdi.

Konsertda Usmonova bilan birga artist qiziqchi Shukurillo Isroilov ham chiqish qildi.

Shu yil paxta terimi uchun to‘lov puli ikki baravar ko‘tarildi.

O‘zbekiston kasaba uyushmasi paxta terimchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni nazorat qilmoqda.