O‘zbekistonda “Investitsiya portali” tashkil etiladi

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi taqdim etilgan ma’lumotlar asosida “Investitsiya portali”ni muntazam ravishda yangilab boriladi.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt - Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va investitsiya salohiyatini virtual makonda keng targ‘ib etish to‘g‘risida”gi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Mahalla fuqarolar yig‘inlari uchun yagona internet portal yaratish taklif qilindi

Qaror loyihasiga ko‘ra, iqtisodiy va investitsiya salohiyatini keng targ‘ib etishni ta’minlash, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining virtual makondagi faolligini oshirish maqsadida Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan “Investitsiya portali” tashkil etiladi.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi taqdim etilgan ma’lumotlar asosida “Investitsiya portali”ni muntazam ravishda yangilab boriladi.

Qaror loyihasida “Investitsiya portali”da joylashtiriladigan ma’lumotlar va ularni taqdim etib borishga mas’ul bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxati, hamda ma’lumotlarni taqdim etish jadvali ham ilova qilingan. Ushbu jadvalda mutasaddi vazirlik va idoralar tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlar va ijro muddatlari belgilangan.

Vazirliklar, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar o‘zlarining idoraviy veb-saytlarini qayta ko‘rib chiqish va ularda “Iqtisodiy va investitsiya salohiyati” bo‘limini tashkil etish nazarda tutilgan.