Korrupsiya va “antisanitariya”: GM Uzbekistan yana bir avtosalon bilan ishni to‘xtatdi

Avtosalon tozalik va gigiyena talablariga rioya qilmaganligi mijozlarning qulay sharoitlarda avtomobil xarid qilishiga to‘sqinlik qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 15 okt – Sputnik. GM Uzbekistan AJ “Humo Avtosavdo” MChJ bilan dilerlik kelishuvini bekor qilayotganligini ma’lum qildi.

GM Uzbekistan avtomobillarga imtiyoz e’lon qildi

Kelishuvning bekor qilinishiga GM Uzbekistan avtomobillari savdosida shaffoflik bo‘lmaganligi, kompaniya tomonidan e’lon qilingan aksiyalarining munosib tashkil qilinmaganligi, avtosalon tomonidan kelishuv shartlarining doimiy ravishda buzib kelinganligi, avtosalon faoliyatidagi korrupsiya, avtomobillarni yetkazib berishda sun’iy bronlash holatlari, xaridorlarga mavjud avtomobillar xususida noto‘g‘ri ma’lumotlar taqdim etilganlik, rasmiylashtirishda amalga oshirilgan qonunbuzarlik kabi holatlar sabab bo‘ldi.

Shuningdek avtosalon tozalik va gigiyena talablariga rioya qilmaganligi mijozlarning qulay sharoitlarda avtomobil xarid qilishiga to‘sqinlik qilgan.

“Kompaniya shu kabi qonunbuzarlik holatlariga yo‘l qo‘yayotgan dilerlik markazlarini aniqlashda davom etadi”, - deyilgan xabarda.