TOShKENT, 14 okt – Sputnik. Turkiya poytaxtida AQShning yangi qurilgan elchixonasi joylashgan ko‘chaga musulmonlar va qora tanlilar himoyachisi - Malkolm Iks nomi qo‘yildi, deb xabar qilmoqda Azon.uz portali, “Anadolu” xabariga asosan.
"Anqara shahri hokimligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Chuqurombor mahallasidagi 1478-ko‘chani Malkolm Iks ko‘chasi deb o‘zgartirishga qaror qilingan", - deyilgan xabarda.
Biroz oldin, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on: “Malkolm Iksning ismini Anqarada jonlanadi”, degan edi.
AQShlik Malkolm Iks (aslida Littl) musulmonlar yetakchisi, siyosatchi va qora tanlilar huquqlarining himoyachisi edi. U AQSh tarixidagi eng mashhur afroamerikaliklardan biri hisoblanadi. 1965-yilning 21-fevralida Nyu-Yorkda otib o‘ldirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning noyabr oyida Anqaradagi Rossiya elchixonasi joylashgan ko‘chaning nomi ham o‘zgartirilgan edi. Unga Anqarada fojeali qurbon bo‘lgan Rossiya elchisi - Andrey Karlov nomi berilgan edi.