Toshkentda Mercedes Benz Low Flor avtobuslari reysdan olinmoqda

O‘zbekiston poytaxtida avtobus yonib ketishi holatlari ko‘paygan. Bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik uchun hukumat xavfli modellarning ekspluatatsiyasini vaqtincha to‘xtatishga qaror qildi
Sputnik

TOShKENT, 13 okt - Sputnik. O‘zbekiston poytaxtida barcha Mercedes Benz Low Flor rusumidagi 2008-yilda ishlab chiqarilgan avtobuslar marshrut yo‘nalishlaridan olib tashlanmoqda, deb xabar qildi Podrobno.uz nashri.

Toshkentda yana yo‘lovchi avtobusi yonib ketdi

Bunday qaror "Toshshahartransxizmat" rahbariyati tomonidan avtobuslarda yong‘in sodir bo‘lishi holatlari ko‘payganligi munosabati bilan qabul qilingan.

So‘nggi haftada bu markadagi ikkita avtobusda yong‘in sodir bo‘lgan.

Yo‘lovchi tashishda xavfsizlikni ta’minlash va bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida 2018-yilning 13-oktabr sanasidan 2008 yilda ishlab chiqarilgan Mercedes Benz Low rusumidagi avtobuslarni reysdan olish haqida qaror qabul qilingan.

Ta’kidlanishicha, ushbu modeldagi avtobuslardagi nosozlik sabablari aniqlanishi davomida boshqa avtobuslar ular o‘rniga chiqishi kutilmoqda.

Ilgariroq, Toshkent yaqin kelajakda avtobus parkini yangilashni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgan edi. Bu uchun joriy yil yakuniga qadar gaz yoqilg‘isida ishlaydigan 80 ta yangi MAN avtobuslarini xarid qilishni rejalashtirmoqda. 2019-yilda poytaxt ko‘chalarida yana 190ta shu turdagi mashinalar paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, sinov tariqasida shaharda Belarusda ishlab chiqarilgan MAZ bavtobuslari qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tshqari, hozirda Toshkentga elektrobuslarni joriy etish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.