Elchi Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi sanasini ma’lum qildi

Diplomat bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari federal kansler Angela Merkel va GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar o‘tkazadi
Sputnik

TOShKENT, 12 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning yanvarida Germaniyaga tashrifni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi FRG favqulodda va muxtor elchisi Gunter Overfeld Germaniya birligi kunini nishonlash davomida.

Norov: dunyo hamjamiyati O‘zbekistonni tan olmoqda

Diplomat bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari federal kansler Angela Merkel va GFR prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan muzokaralar o‘tkazadi. U shuningdek, joriy yilning noyabrida Germaniyaga O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov tashrif uyushtirishini qo‘shimcha qildi.

Kamilovning tashrif dasturidan ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashish o‘rin olgan.

Overfeldning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston va Germaniya o‘rtasidagi hamkorlik prezident Mirziyoyev o‘tkazayotgan islohotlardan so‘ng yangi bosqichga ko‘tarilgan. Diplomat respublika rahbarining inson huquqlarini ta’minlanishiga qaratilgan harakatlarini va iqtisodiy taraqqiyotni yangi bosqichga ko‘tarish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qilgan.

Overfeld, shuningdek, O‘zbekistonning Markaziy osiyodagi mintaqaviy tashabbuslarini, xususan, Afg‘onistondagi vaziyatni tinchlik yo‘li bilan barqarorlashtirish bo‘yicha tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashini aytgan.