Moskvada amaldorni do‘pposlagan Mamayev va Kokorin 2 oyga hibsga olindi

Prokuror har ikkala futbolchisining ijtimoiy xavfli fuqaro ekanini, bundan tashqari, puli va tanishlari orqali guvohlarga ta’sir o‘tkazishi, tergovdan yashirinish ehtimoli borligini inobatga olib, suddan qamoqda qoldirishni so‘radi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. “Zenit” futbotchisi Aleksandr Kokorin va “Krasnodar” jamoasi futbolchisi Pavel Mamayev bezorilik jinoyatini sodir etishda gumonlanuvchi tariqasida 8-dekabrgacha hisbga olindi, deb xabar qildi RIA Novosti.

Shapovalov: futbol bo‘yicha chempionatida xavfsizlik eng yuqori darajada bo‘ldi

Bunday qarorni Moskva shahrining Tver sudi chiqardi.

Eslatib o‘tamiz, 8-oktabr kuni aka-uka Kokorinlar va Mamayev Moskvadagi qahvaxonalardan birida Minpromtorg mulozimi Denis Pak va “NAMI” tashkiloti rahbari Sergey Gaysinni do‘pposlashgan edi.

Bu mojarodan biroz oldin esa “Perviy kanal” boshlovchisi Olga Ushakovaning haydovchisiga hujum qilishgan. Jabrlanganlar turli tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.