Amerikalik model o‘z avtomobilida otib o‘ldirildi

Boshqaruvsiz qolgan avtomobil qarama-qarshi chiziqqa chiqib ketib, uchta avtomobilga uriladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Amerikalik model Kelsi Kveyl Jorjiya shtati trassasi bo‘ylab harakatlanayotgan vaqtda o‘z mashinasida otib o‘ldirildi.

Bag‘dod go‘zalining o‘ldirilishi videosi tarqaldi

Xabarda aytilishicha, noma’lum shaxs ayolning bo‘yniga o‘q otgan.

Buning oqibatida katta YTX sodir bo‘ldi. Boshqaruvsiz qolgan Kveylning avtomobili qarama-qarshi chiziqqa chiqib ketib, uchta avtomobilga urildi.

Avval politsiyachilar Kveyl boshqaruvni yo‘qotib, to‘qnashuv sodir etdi deb o‘ylashdi. Biroq shifokorlar ayol badanida o‘q jarohatlarini aniqlashadi.

Politsiya sodir bo‘lgan bir nechta voqea versiyalarini ko‘rib chiqishmoqda.

Ehtimol, model boshqa haydovchi bilan janjallashib qoladi yoki tasodifan otishmaning qurboni bo‘lgan.