TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin kelasi haftada O‘zbekistonga davlat tashrifi bilan boradi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.
18-19 oktabr kunlari Vladimir Putin O‘zbekistonda Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar o‘tkazishi va ularning natijalariga ko‘ra bir qator muhim hujjatlar imzolashi rejalashtirilgan.
"Umid qilamanki kelasi hafta Toshkentda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan davlat tashrifi davomida biz prezident Shavkat Mirziyoyev bilan, mufassal muzokaralar o‘tkazamiz va ularning natijalariga ko‘ra hukumatlararo va tijoratga oid salmoqli hujjatlar to‘plami imzolanadi", - dedi Putin O‘zbekiston yangi elchisiga bugun Kremlda bo‘lib o‘tgan ishonch yoriliqlari qabul qilish marosimida.
Xabarda aytilishiga ko‘ra, tashrifning ikkinchi kunida Putin va Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekistonda birinchi AES qurilishiga start beriladi. Shuningdek, Rossiya prezidentining davlat tashrifi davomida birinchi O‘zbekiston Rossiya hududlararo hamkorlik forumi bo‘lib o‘tadi.