O‘zbekiston  olimlari umurtqani tekislaydigan qurilma ixtiro qilishdi

Besh nafar O‘zbekistonlik tibbiyot olimlari umurtqa deformatsiyalarini xirurgik davolash uchun qurilma yaratishdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. O‘zbekiston Travmatologiya va ortopediya ilmiy tekshirish instituti mutaxassislari umurtqa shikastlanishlari va kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan qurilma yaratdilar, deb xabar qilmoqda Hukumat portali.

Ushbu murakkab qurilma uchun mualliflar Shotursunov Shoxaydar, Kochkartayev Sanjar, Musayev Rustam, Korakulov Komil va Soliyev Suxroblar nomiga FAP​ 01321 sonli foydali model patenti berildi.

Qurilmaning texnik tuzilishi haqida quyidagilar xabar qilingan:

Qurilma umumiy o‘q bo‘ylab harakatlana oladigan qilib ulangan ikkita tayanchdan tashkil topgan bo‘lib, tishlar bilan ta’minlangan. Har bir tayanch uchi tashqi tomondan P-simon plastina bilan bikr ulangan, tayanchlardan biri rezbali sterjen ko‘rinishida bajarilgan va fiksatsiyalovchi gayka bilan ta’minlangan, ikkinchi tayanch ichki o‘q bo‘ylab rezbali kovak silindr ko‘rinishiga ega, bunda tishlar P-simon plastinalarning tashqi yuzasida bajarilgan, ichi bo‘sh tayanchda esa o‘rnatish kaliti uchun kesik bajarilgan.