Vladimir Putin Xabib Nurmagomedov bilan uchrashdi

Prezident Habibni “munosib va ishonchli” g‘alaba bilan tabriklab hazilomuz ohangda otasidan uni qattiq jazolamasligini so‘rashini aytdi.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin aralash yakkakurash bo‘yicha UFC chempinoni Habib Nurmagomedov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Prezident Habibni “munosib va ishonchli” g‘alaba bilan tabriklab hazilomuz ohingda otasidan uni qattiq jazolamaslini so‘rashini aytdi.   

“Men sport qadriyatlari hamma narsadan – maosh va rerklamadan ustun bo‘lishiga umid bildirmoqchiman. Men birinchi navbatda sening raqibing jamoasini nazarda tutmoqdaman. Nima bo‘lganda ham sizlar oddiy erkakcha va sportchilarga xos do‘stlik va muloqot uchun yo‘l topasizlar deb umid qilaman”, - dedi prezident.

Vladimir Putin va Habib Nurmagomedovning uchrashuvi Ulyanovsk shahrida “Rossiya – sport mamlakati” forumi doirasida bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, 6-oktabrda Amerikaning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tgan “yil jangida” rossiyalik yakkakurashchi irlandiyalik raqibini ishonchli g‘alaba bilan yengib o‘zining chempionlik kamarini himoya qilgan edi.