Ramzan Qodirovning so‘zlaridan so‘ng chechenistonlik o‘smir kechirim so‘radi

Moskvada bezorilik qilgan chechenistonlik o‘smir Ramzan Qodirovning so‘zlaridan keyin hammadan kechirim so‘radi.
Sputnik

TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Moskvada jamoat transportida bezorilik qilgan chechenistonlik o‘smir Ramzan Qodirovning so‘zlaridan keyin kechirim so‘radi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Ushbu ko‘ngilsiz voqea 1 kun oldin sodir bo‘lgan edi. Moskva avtobuslaridan birida Chechenistonlik o‘smir qarama qarshi o‘rindiqda o‘tirgan yo‘lovchilardan “Axmat sila” deyishni talab qilgan va ularga qarata bo‘sh alyumin banka uloqtirgan edi.

Ushbu videorolik internetda tarqalganidan so‘ng, Ramzan Qodirovning juda qattiq jahli chiqqan va u chechenistonlik talabadan darhol, birinchi reys bilan Grozniyga qaytib ota-onasi bilan uning huzuriga kelishini talab qilgan edi.

“Qayerda bo‘lsang ham zudlik bilan, birinchi reysda Grozniyga yetib kelishingni va ota-onang bilan birga meni oldimga kelishingni talab qilaman. Senda bir necha soat vaqt bor xolos. Aks holda qattiq pushaymon bo‘lasan”, - degan edi Ramzan Qodirov.

Shu bilan bir vaqtda Qodirov  jabr ko‘rgan yo‘lovchilardan kechirim so‘ragan va bu o‘smirning xulq-atvori chechen millatiga mos emasligini aytgan edi.

Bundan biroz oldin Ramzan Qodirov Moskvada o‘qiydigan Chechenistonlik talabalar xulq-atvori buzulgan holda vataniga qaytarilishini aytgan edi.