TOShKENT, 11 okt – Sputnik, Mariya Sheludakova. “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK tomonidan Potr Karimovga bo‘shagandan so‘ng unga hisob-kitob qilinishi va hujjatlarni olib ketishi haqida ogohlantirish xati yuborilgan. Bu haqda Sputnik tahririyatiga aviakompaniyaning matbuot kotibi Zumrad Shadjalilova ma’lum qildi.
O‘zbekiston sobiq prezidenti Islom Karimovning o‘g‘li Potr Karimov “O‘zbekiston havo yo‘llari”ga nisbatan da’vo arizasi bilan Moskvaning Tver sudiga murojaat qilgan.
Da’vo arizasi quyidagicha mazmunda topshirilgan: "to‘lanmagan ish haqini undirib berishga oid mehnat bo‘yicha nizolar".
Sud yig‘ilishi 24-oktabrga tayinlangan.
Potr Karimov 2004-yildan 2017-yil aprel oyigacha “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAKning Moskva filiali kompaniyaning bosh vakilining yordamchisi lavozimida ishlagan.
“Karimov Mehnat kodeksiga asosan o‘z xohshiga ko‘ra bo‘shagan. Biz buyruqlarni ko‘tardik va bu fakt tasdig‘ini topdik”, - dedi Shadjalilova.
Potr Karimov 1969-yilda tug‘ilgan. OAV ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi vaqtda u Moskva viloyatida istiqomat qiladi.