Bag‘dod go‘zalining o‘ldirilishi videosi tarqaldi

Sentabr oyi yakunida 30 yoshli model Tara Fares o‘z mashinasida otib o‘ldirildi.
Sputnik

TOShKENT, 10 okt – Sputnik. Internetda “Bag‘dod go‘zali” Tara Faresning o‘ldirilishi videosi tarqaldi.

Ko‘chaga qo‘yilgan kamera notanish shaxs Fares boshqaruvida bo‘lgan avtomobilga yaqinlashib, unga qarata o‘q uzganligini tasvirga olingan.

Otishmadan so‘ng bu kishi sherigining motosikliga o‘tirib, voqea joyidan ketib qoladi.

Sentabr oyi yakunida 30 yoshli model mashinasida o‘ldirilgan. Tara Fares Iroqning Qurdistoni poytaxti Erbil shahrida istiqomat qilgan edi.