TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Kecha 8-oktabr kuni Dog‘iston poytaxti Maxachkala shahrida joylashgan "Anji-Arena" stadionida UFC mutlaq chempioni, Habib Nurmagomedovni kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Chempionni kutib olishga 15 mingga yaqin odam jamlandi. Maxachkala aeroportida Xababni kutib olishga “Dog‘iston” ashula va raqsch ansambli chiqdi. Shundan so‘ng yakkakurashchining korteji "Anji-Arena" stadioniga qarab yo‘l oldi. Sportchi xavfsizligini 200ga yaqin politsiya xodimlari ta’minlashdi.
Stadionda so‘zga chiqarkan Habib o‘z muxlislariga tuni bilan uxlamasdan uni qo‘llab-quvvatlashgani uchun minnatdorlik bildirdi.
“Men o‘z xalqimning, ona Dog‘istonimning qo‘llab-quvvatlashini har daqiqa his qilib turdim. Kech bo‘lishiga qarmasdan shu yerga jamlanganingiz uchun sizlarga katta rahmat. Hozir menga bu yerdan ketish ham noqulay”, - dedi Nurmagomedov.
Eslatib o‘tamiz, 6-oktabr kuni Habib Las Vegasda bo‘lib o‘tgan turnirda Konnor Makgregorning ustidan tarixiy g‘alaba qozongan edi. Ushbu jang turli sabablarga ko‘ra bir necha bor qildirilgan edi. Jang oldidan OAVlarda ko‘plab ig‘vo va provoksion xabarlar paydo bo‘lgan va Xabib bularga javob bermasdan – hammasi 6-oktabrda, oktagonda hal bo‘ladi, degan edi.