Toshkentda Germaniya harbiy mutaxassislari mashg‘ulot o‘tkazishdi

O‘zbekiston-Germaniya mudofaa vazirliklari tizimida olib borilayotgan yangicha yondashuvlar o‘zaro taqqoslanib, atroflicha muhokama qilindi.
Sputnik

TOShKENT, 9 okt - Sputnik. Qurolli Kuchlar akademiyasiga Germaniya mutaxassislari tashrif buyurdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

NATO mutaxassislari O‘zbekistonda mashg‘ulot o‘tkazdi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasi professor o‘qituvchilari va Germaniya Federativ Respublikasi Qurolli kuchlari mutaxassislari ishtirokida ikki tomonlama o‘rnatilgan harbiy hamkorlik doirasida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Uchrashuvda olmon harbiy mutaxassisi Klaus Xutger “Kritik infratuzilmalar” mavzusida ma’ruza qildi. Shuningdek, o‘zbek-olmon mudofaa vazirliklari tizimida olib borilayotgan yangicha yondashuvlar o‘zaro taqqoslanib, atroflicha muhokama qilindi.

Shu bilan birga, o‘sha kunning o‘zidayoq, Germaniya Federativ Respublikasi Bundesverning Munxen universiteti professor-o‘qituvchilari va talabalarining tashrifi ham amalga oshirildi.

Unda “Bundesverning Munxen universitetida ofitserlarning ta’lim olish jarayoni”, “Askarlarni tayyorlash doirasida Bundesverning psixosotsial tarmog‘i” mavzularida ma’ruzalar tinglanib, har ikki davlat mudofaa vazirliklari tizimidagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi.