“Jukovskiy” aeroportida ikki samolyot to‘qnashib ketdi

To‘qnashuv oqibatida "Uralskie avialinii" kompaniyasi samolyoti shikastlandi. Hech kim zarar ko‘rmadi.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Yakshanba kuni Moskvadagi “Jukovskiy” aeroportida “Ikar” va  "Uralkie avialinii" kompaniyalarining samolyotlari to‘qnashib ketdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti prokuratura xabariga asosan.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, “Ikar” kompaniyasining qo‘ngan samolyoti turar joyiga yetib borish vaqtida "Uralskie avialinii" kompaniyasining samolyotiga urilgan. To‘qnashuv oqibatida "Uralskix avialinii"samolyotining chap qanotining old qismi  va chap aeronavigatsiya chirog‘i shikastlangan. Yo‘lovchi va ekipaj a’zolaridan hech kim zarar ko‘rmagan.

Ayni damda ushbu hodisa yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Jukovskiy aeroporti Moskva hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 4- yo‘lovchi aeroportidir. Ushbu aeroport 2016-yilning 30-may kuni ochilgan edi. Ayni damda "Jukovskiy" dan Qirg‘iziston, Tojikiston, Xitoy yo‘nalishlarida hamda Yevropa mamlakatlariga parvozlar amalga oshirilmoqda.