TOShKENT, 8 okt – Sputnik. Moskvalik taniqli vizajist Goar Avetisan o‘zbekistonlik qizaloqing murakkab jarrohlik operatsiyasi uchun kerak bo‘lgan 5 155 000 rublni 4 kunda jamlab berdi. Bu haqida Avetisan o‘zining Instagramida xabar qoldirgan.
“Ushbu xabarni ko‘zimda yosh bilan yozmoqdaman. Biz buni uddasidan chiqdik. 4 kun – 4ta post va millionlab storis bizga ushbu mablag‘ni jamlashga yordam berdi. Bu bizning umumiy g‘alabamiz”, - deb yozgan Goar Avetisan o‘z postida.
Eslatib o‘tamiz, Elvira toshkentlik 10 yoshli qizaloq. Uning umurtqa pog‘onasida shish topilgan. O‘zbekistonda buri operatsiya qilishning iloji bo‘lmagan va ona onasi uni Moskvaga olib kelishgan. Goar Elvira bilan, bolalar shifoxonasida tanshib qolgan va unga yordam berishga qaror qilgan.
Biroz oldin, Goar Avetisan Tojikistonlik Muxammadrasul ismli bolakayni davolash uchun ham 3,8 million jamlab berishga yordam bergan edi.
Ma’lumot uchun, Goar Avetisanning instagrammiga 5 milliondan ortiq kishi yozilgan. U O‘zbekistonga tez-tez borib turadi. Bir necha o‘zbek kino va estrada yulduzlari uning mijozlari. Makiyaj qirolichasi Toshkentda tez-tez master-klasslar ham o‘tkazib turadi.