Toshkentda besh yoshli bolasini sotgan fuqaro qo‘lga olindi

O‘z farzandini sotmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan odam savdosi moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Sputnik

TOShKENT, 8 okt - Sputnik.Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan Olmazor tumani, Dilsaroy ko‘chasida joylashgan kafe oldida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.Q. o‘zining 2013-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan farzandi B.Q.ni 15 mln. so‘mga fuqaro M.A.ga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan A.Q.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.