TOShKENT, 8 okt - Sputnik.Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 9-oktabr kunidan boshlab yangi qiymatini belgiladi.
Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1,42 so‘mga ko‘tarilib, 8181,08 so‘m tashkil qildi.
Yevro kursi esa 41,71 so‘mga pasayib, 9 427,06 so‘mni tashkil qildi.
Rossiya rubli 3,11 so‘mga kamayib, 122,73 co‘mni tashkil qildi.
Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.