TOShKENT, 7 okt – Sputnik. Rossiyalik aralash yakkakurashchi Habib Nurmagomedov Makgregor ustidan qozongan g‘alabadan so‘ng UFC chempionlik kamarini qo‘lga kiritmadi, deb xabar qilmoqda RT.
UFC rahbari Dan Uayt aytishiga qaraganda, kamar xavfsizlik nuqtayi nazarida taqdim etilmagan.
Undan tashqari Makgregor bilan jang tugaganidan so‘ng, Habib oktagon tashqarisiga sakrab chiqib kimbilandir mushtlashuv uyushtirgan edi. Aynan shu damda oktagon ichidan ham Habib va Makregor jamoalari orasida mushlashuv boshlanib ketdi.
Nima bo‘lganda ham, Habib Nurmagomedov UFC yengi vazni chempioni deb e’lon qilindi.