Yaponiyada Imomali Rahmon korteji YTHga uchradi

Tokioda Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon kortejidagi avtomobil mikroavtobusga urildi.
Sputnik

Yaponiyaning Fuji TV telekompaniyasi Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon korteji YTHga uchraganligi haqida videoni e’lon qildi.

Hodisa 4-oktabr kuni Yaponiya poytaxtining Nagata tumanida sodir bo‘ldi.

Telekanal xabariga ko‘ra, Rahmon kortejidagi Mercedes avtomobili mikroavtobusga borib urildi.

To‘qnashuv vaqtida ushbu avtomobil salonida Tojikiston prezidenti bo‘lganligi noma’lum.

To‘qnashuv oqibatida Imomali Rahmon jarohat olmaganligi aytilmoqda.