Rossiyadagi mudhish YTHda 13 kishi halok bo‘ldi va 17 kishi jabrlandi

Bugun, 5-oktabr kuni Rossiyaning Tver viloyatining Kalinin tumanida yo‘nalishli taksi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt - Sputnik. Bugun, 5-oktabr kuni Rossiyaning Tver viloyatining Kalinin tumanida yo‘nalishli taksi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashib ketdi, deb xabar qildi Rossiya FVV matbuot xizmati.

“So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, YTHda 13 kishi qurbon bo‘lgan va 17 kishi jabrlangan, ulardan 4 nafarini hozir shifonxonaga olib ketishapti”, - deyilgan FVV xabarida.

Rossiyadagi mudhish YTHda 13 kishi halok bo‘ldi va 17 kishi jabrlandi

Voqea joyiga prokuratura, tergov qo‘mitasi xodimlari hamda viloyati gubernatori yetib borgan.