Yoqilg‘i-energetika resurslar narxlarini o‘zgartirish bo‘yicha qaror loyihasi paydo bo‘ldi

Qaror loyihasida aholining alohida qatlamlari uchun avtobenzin xarid qilishga har oyda 66 ming 700 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanishi rejalashtirilgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 okt - Sputnik.Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika resurslariga narxlar va tariflarning o‘zgarishi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirilib,  muhokama qilinmoqda.

Aholi debitor qarzdorligi keskin oshib ketmoqda – MIB direktori o‘rinbosari

Qaror loyihasida benzin narxlari quyidagicha belgilangan: 

Ai-80 - bir litr uchun 4000 so‘m;
Ai-91 - bir litr uchun 4500 so‘m;
Dizel yoqilg‘isi - bir litr uchun 4800 so‘m;
EKO dizel yoqilg‘isi - bir litr uchun 4900 so‘m.

Shuningdek, aholining alohida qatlamlari uchun avtobenzin xarid qilishga har oyda 66 ming 700 so‘m miqdorida kompensatsiya to‘lanishi rejalashtirilgan.

Respublikada tabiiy gaz va elektr energiyasi bo‘yicha bitta abonent uchun iste’mol miqdorining bazaviy normasini belgilash ko‘zda tutilayapti. Bu eksperiment tariqasida Yunusobod tumanida o‘tkaziladi.

Unga ko‘ra, bir abonent (jismoniy shaxs) oyiga 300 kVt/soat elektr energiyasi hamda shaxsiy uy-joyda isitish mavsumida 1000 kub gaz belgilanmoqda. Bu loyiha, bekor bo‘lishi, umuman boshqacha qabul qilinishi ham mumkin.