Ukraina O‘zbekiston avtomobillariga qo‘shimcha boj kiritishi mumkin

2016 yilda Ukraina antisubsiditsion tekshiruvdan so‘ng Rossiya avtomobillariga nisbatan 10 -17 % qo‘shimcha import solig‘i kiritgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt – Sputnik. Ukraina O‘zbekiston avtomobillarni antisubsiditsion tekshiruvdan o‘tkazadi, deb xabar qilmoqda Ukraina Vazirlar Mahkamasining matbuot xizmati.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Ukraina muassasalararo komissiyasiga “Ukravtoprom” - milliy avtomobil ishlab chiqaruvchilar assotsiatsiyasi nomidan arznoma kelib tushgan. Arznomada O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqaruvchilari davlat subsidiya va imtiyozlaridan foyldalanayotganliklari haqida xabar qilingan.

Arzonomada shuningdek, O‘zbekiston avtomobillarini bugungi kundagi narxlarda va miqdorlarda Ukrainaga import qilish – milliy ishlab chiqaruvchilarga jiddiy zarar yetkazishi mumkinligi haqida yetarlicha ma’lumotlar keltirilgan.

Ukraina O‘zbekiston avtomobillariga maxsus boj solig‘i kiritdi

Xususan, 2015 – 2017-yilda O‘zbekistondan Ukrainaga olib kelinayotgan yengil avtomobillar importi hajmi 760 %ga oshgan. Ularning narxi Ukrainada ishlab chiqarilayotgan avtomobillarga nisbatan past bo‘lgan.

Ukraina qonunchiligiga ko‘ra, komissiya ushbu arznomani 30 kun ichida ro‘yxatdan o‘tkazadi va 60 kun ichida unda keltirilgan ma’lumotlarni o‘rganib chiqadi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, Ukraina hukumatining komissiyasi O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillarga nisbatan antisubsiditsion tekshiruvni boshlashi mumkin. Tekshiruv natijasida esa - qo‘shimcha import bojlari, utilizatsiya yoki boshqa to‘lovlar kiritilishi mumkin.

Shu o‘rinda, eslatib o‘tamiz, 2014-yilda Ukraina Rossiyada ishlab chiqarilgan avtomobillarga nisbatan xuddi shunday antisubsiditsion tekshiruv o‘tkazgan va uning natijalariga ko‘ra 2016-yildan boshlab 10,41%dan 17,66 %gacha  qo‘shimcha import soliqlari kiritgan edi.