"Karusel" va kortej: videoga tushgan huquqbuzarliklar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazildi

Toshkent shahar IIBB huquqbuzarliklarni sodir etgan fuqarolarning shaxsini aniqladi, ularga nisbatan tegishli choralar ko‘riladi.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt - Sputnik. Mahalliy elektron OAVlarda yo‘l harakati qoidalarini buzilishi holatlari tasvirga olingan foto va ikkita video joylashtirilgandi.

Ushbu holatlar bo‘yicha poytaxt IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazildi.   

Xabarda aytilishicha, piyodalar o‘tish joyida “Malibu” mashinasini qo‘ygan haydovchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rildi.

“Hozirgi vaqtda boshqa “qahramonlar” shaxslari aniqlandi, ularga nisbatan choralar ko‘riladi”, - deyilgan xabarda.