Hamkorlarimiz milliy valyutada savdo qilishga jon deb o‘tadi – Kudrin

Biroz vaqt o‘tganidan keyin biz savdo-sotiqning ma’lum miqdori milliy valyutalarda amalga oshirilayotganining guvohi bo‘lamiz.
Sputnik

TOShKENT,3 okt — Sputnik. Rossiya hamkorlari milliy valyutalarda hisob-kitob qilishga jon rozi bo‘lishadi, deb hisoblaydi Rossiya Hisob palatasi rahbari Aleksey Kudrin, RIA Novosti xabariga asosan.

“Men imkon qadar ko‘proq mamlakatlar bilan o‘zaro savdo-sotiqning bir qismini milliy valyutalarga o‘tkazish tarafdoriman. Alohida ta’kidlab aytamanki - faqat bir qismini, chunki aksariyat mamlakatlar bilan bizning savdo balansimiz miqdori teng emas, shuning uchun baribir savdoning bir qismini xorijiy valyutalarda amalga oshirishga to‘g‘ri keladi”, - dedi Kudrin.

“Lekin qo‘shni mamlakatlarning ayrimlari milliy valyutada hisob-kitob qilishga jon deb o‘tadi. O‘ylaymanki,  biroz vaqt o‘tganidan keyin biz savdo-sotiqning ma’lum miqdori milliy valyutalarda amalga oshirilayotganining guvohi bo‘lamiz, lekin savdo munosabatlarini to‘liq milliy valyutada amalga oshirishning hozircha iloji yo‘q”,  - dedi Hisob palatasi rahbari.

Kudrin aytishiga qaraganda, ayni damda hukumat Rossiya iqtisodiyotini dollardan xoli qilish siyosatiga bosqichma bosqich kirib kelmoqda.

Eslatib o‘tamiz, biroz oldin xorijiy va mahalliy OAVlarda Rossiya hukumati dollardan voz kechish rejasini tayyorlayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.