O‘zbekistonda qaysi yoqilg‘i narxi arzonlashdi

Yoqilg‘i-moylash materiallari bozorida yuzaga kelayotgan holatlar va birja savdolarida shakllanayotgan narx o‘zgarishlari ta’sir qildi.
Sputnik

TOShKENT, 3 okt - Sputnik. O‘zbekistonda shu yil sentabr oyida propan narxlari 15,4 % ga arzonlashdi.

O‘zbekistonda dizel yoqilg‘i qimmatlashdi

Davlat statistika qo‘mitasi hisobotiga ko‘ra, 2018-yil 9 oyida avtomobillar uchun yoqilg‘i narxlarining o‘sishi umumiy inflyatsiyaning 0,4 f.d.da ko‘tarilishiga sabab bo‘ldi.

Yoqilg‘i-moylash materiallari bozorida yuzaga kelayotgan holatlar va birja savdolarida shakllanayotgan narx o‘zgarishlari ta’siri natijasida o‘tgan davr mobaynida propan 48,8 %ga, metan 24,1 %ga qimmatlashdi.

Sentabr oyida propan narxlari 15,4 %ga arzonlashib, metan narxida esa aksincha 1,6 %ga qimmatlashdi.

Nooziq-ovqat mahsulotlarning iste’mol narxlari indeksiga avtomobillar uchun yoqilg‘i quyish shahobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan propan narxlarining arzonlashishi sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi.