TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Dunyoning turli mamlakatlarida qaysi marka avtomobillari boshqalarga nisbatan ko‘proq avariyaga uchrashini bilasizmi?
Sug‘urta kompaniyalari ana shunday statistika ma’lumotlarini juda sinchikovlik bilan jamlab borishadi. Ular ushbu ma’lumot asosida avtomobillarning turli marka va modellari uchun sug‘urta to‘lovi miqdorini belgilashadi.
AQShda har 1000ta sug‘urtalangan avtomobilga, yetkazilgan zararni qoplash uchun kelib tushgan murojaatlar soni quyidagicha ekan:
- Toyota Yaris — 28,5 ta murojaat
- Suzuki SX4 — 26,6 murojaat
- Chevrolet Aveo — 26 murojaat
- Mitsubishi Galant — 25,4 murojaat
- Kia Rio — 24,9 murojaat
Sug‘urta kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, ushbu avtomobillar egalari va yo‘lovchilari avariya vaqtida jarohat olishi ehtimoli ham eng katta ekan.
AQShda eng ko‘p avariyaga uchragan avtomobillar borasida yana bir statistika bor. Bu eng ko‘p marotaba shikastlargan avtomobillar. Autocheck xizmati orqali aniqlangan ushbu statistikaga ko‘ra, kuzov remonti uchun eng ko‘p marotaba murojaat qilgan avtomobillar quyidagilar bo‘lib chiqqan (sotilgan avtomobillar umumiy soniga nisbatan):
- BMW 4, X1 Series — 18,5%
- Range Rover Evoque — 16,5%
- Jaguar XJ — 15,7%
- Infiniti JX — 14,7%
- Lexus RX 350 — 14,3%
Ko‘rib turganingizdek, bularning aksariyati quvvatli hamda biznes va premium klassga mansub avtomobillardir.
Yevropada esa vaziyat biroz boshqacha. Britaniyada o‘tkazlgan izlanishlargan ko‘ra, YTH oqibatida yetkazilgan zararni qoplash uchun eng ko‘p murojaat qilgan avtomobillar modellari aksilreytingi quyidagicha (sotilgan avtomobillar soniga nisbatan:
- Honda FR-V — 18,6%
- Volvo XC90 — 15,9%.
- Lexus RX — 15,5%.
- Mazda5 — 15,3%.
- Honda Jazz — 15%.
E’tibor bering, aksil reytingning birinchi uch qatorini yengil krossoverlar egallagan. Vaholanki, ayrim marketologlar aynan krossoverlarni va yo‘ltanlamaslarni “yengil avtombildan ko‘ra xavfsizroq” deb maqtab sotishadi.
To‘g‘ri, yengil mashina bilan yuzma-yuz to‘nashganda xavfsizroqdir, lekin burilishlarda, boshqaruv qulayligida, favqulodda to‘xtash va dumalab ketmaslik kabi "faol xavfsizlik" nuqtayi nazaridan - yo‘ltanlamas avtomobillar yengil avtombildan ko‘ra xavfliroqdir.
MDHda eng xavfli avtomobillar
Sobiq Ittifoq hududida eng ko‘p avariyaga uchraydigan avtomobillarning rasmiy statistikasi e’lon qilinmagan bo‘lsada, alohida hududlar bo‘yicha ma’lumotar mavjud.
Masalan, Belarusda, DAN rasmiy xabariga ko‘ra, eng ko‘p avariyaga uchraydigan avtomobillar markalari quyidagicha:
- Honda —357 / 1 (ruyxatdan o‘tkazilgan har 357ta avtomobilga 1ta avariya to‘g‘ri keladi)
- Alfa Romeo —374 / 1
- Subaru — 375/ 1
- Mercedes-Benz — 414 / 1
- BMW — 431 / 1
- Mitsubishi — 468 /1
- Mazda — 480 / 1
- Renault — 527 / 1
- Nissan — 540 /1
- Audi — 548 /1
Eslatib o‘tamiz, Belarusda bojxona to‘lovlari past bo‘lgani uchun Yevropadan va Amerikadan istalgan markadagi yangi va foydalanilgan avtomobillarni sotib olish mumkin.
Belarusga qo‘shni bo‘lgan Ukrainada esa statistika butunlay boshqacha. U yerda eng ko‘p avariyaga uchraydigan avtomobillar VAZ, ZAZ va Moskvich bo‘lib chiqdi. Xorijda ishlab chiqarilgan avtomobillar kamroq avariyaga uchrashini ularning qimmatligi va kam tarqalganligibilan izohlash mumkin. Mahalliy va Rossiya avtomobillari esa ko‘p tarqalgan va arzon, shuning uchun ularni ko‘p hollarda yosh va tajribasiz haydovchilar sotib olishadi. Shu sababdan ushbu sinf avtomobillariga to‘g‘ri keladigan avariyalar soni ham ko‘p.
Rossiyaning Irkutsk va Uzoq Sharq hududlarida ham eng ko‘p avariyaga uchraydigan avtomobillar ruyxati Rossiyaning G‘arbiy qismiga o‘xshamagan. Irkutsk Ichki ishlar YHXX xabariga ko‘ra Bu yerda yosh haydovchilar ko‘pros Yaponiyada ishlab chiqarilgan Toyota Mark 2 avtomobillarini xush ko‘rishar ekan. Ushbu avtombillar kuchli dvigatelga ega, lekin boshqarilishi hamda texnik holati a’lo bo‘lmagani tufayli ular tez-tez avariyaga uchrab turar ekan. Ikkinchidan, ko‘p hollarda YTHga uchragan avtomobillar yosh va tajribasiz haydovchilar tomonidan boshqarilgan.
Aytmoqchi, Rossiyada YTHga eng ko‘p uchraydigan avtomobillar statistikasi bo‘lmasada, eng ko‘p o‘g‘irlangan avtomobillar haqida batafsil ma’lumot jamlangan. Rossiyada eng ko‘p o‘g‘irlangan avtomobillar markalari quyidagicha (Barcha o‘g‘irlangan avtombillarga nisbatan % hisobida):
- Lada - 31 % (turli modellar)
- Toyota - 16 % (Camry, Corolla, Land Cruiser, Rav 4)
- Hyundai - 7 % (Solaris)
- Kia - 6 % (Rio, Sportage)
- Nissan - 5 % (Almera, Teana)
Ro‘yxatning oxirida Shevrole (2%) va Deu (1%) o‘rin olishgan.
Yana bir qiziq fakt…
Statistika ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyada eng ko‘p avariyaga uchraydigan avtombillar orasida qora, qizil va kulrang avtomobillar ko‘p uchrar ekan. Ushbu rangdagi avtombillar egalari juda agressiv uslubda haydab YTD sababchisi bo‘lishar ekan. Ko‘k va yashil rangli avtomobillar egalari esa, aksincha - avtomobilni xotirjam boshqarib, eng kam YTH sodir etar ekanlar.