O‘zbekistonda soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etish tizimi joriy etiladi

Davlat soliq qo‘mitasi “Xavfni tahlil etish” tizimini joriy etadi.
Sputnik

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. “Davlat soliq xizmati organlarida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etish tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaror loyihasi muhokamaga qo‘yildi.

Bosh prokuratura soliq va bojxona organlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytiradi

Qaror loyihasiga Davlat soliq xizmati organlarida soliqqa oid huquqbuzarlik xavfini tahlil etish tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilova qilingan.

Nizom soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarini aniqlash imkoniyatini beruvchi “Xavfni tahlil etish” tizimini joriy etish va undan foydalanish tartibini belgilaydi.

Davlat soliq qo‘mitasi belgilangan mezonlarga asosan tadbirkorlik subyektlari faoliyatini to‘liq o‘rganib chiqadi hamda yakuniy natijalarni ballik tizim orqali soliqqa oid huquqbuzarlik xavfi darajasini baholab beradi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan davlat soliq xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlarida soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etish xavfi darajasidan kelib chiqib, tekshirish o‘tkazishni kelishish to‘g‘risida prokuratura organlariga tashabbus bilan murojaat qilinadi.

Qaror loyihasi 17-oktabrgacha muhokama qilinadi.