Mirziyoyevga Nobel mukofotini berish tashabbusini ilgari surgan deputat hibsga olindi

O‘zLiDep partiyasidan saylangan xalq vakili ishdan haydalgan maktab direktorini lavozimida qayta tiklash uchun 500 dollar pora olayotganida qo‘lga tushgan
Sputnik

TOShKENT, 2 okt - Sputnik. Xalq deputatlari Namangan viloyati kengashi deputati deputati, O‘zLiDep vakili Olimjon To‘xtanazarov o‘tgan haftada pora olayotgan vaqtda qo‘lga tushgan.

To‘xtanazarov O‘zbekiston prezidentiga hamdu-sano aytish va faol jamoatchilik faoliyatini olib borishi bilan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari e’tiborini o‘ziga jalb qilgan.

"Hech narsa qarsak bilan bo‘lmaydi": Mirziyoyev yana bir nechta mansabdorlarni ishdan oldi

Ma’lum bo‘lishicha, Namangan viloyati Pop tumanidan bo‘lgan sobiq maktab direktori huquqni muhoqaza qilish organiga murojaat qilgan. "Ayol bir yil muqaddam ishdan haydalgan. Sobiq maktab direktori o‘z lavozimida qayta tiklanish niyatida xalq vakiliga murojaat qilgan. Deputat Olimjon To‘xtanazarov o‘z xizmatlari evaziga ayoldan 500 dollar pora talab qilgan", - deb yozadi "Novosti Uzbekistana" nashri.

Huquqni muhofaza qilish organlari bilan tezkor reja ishlab chiqilgan, kengash bilan kelishilgan holda xalq vakili daxlsizlikdan mahrum etilgan.

22 sentabr kuni deputat pora olayotgan mahalida qo‘lga olingan.

Ushbu holat yuzasidan To‘xtanazarovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JK 168 moddasi 3-qismi(xizmat mavqeyidan foydalanib firibgarlik sodir etish) va 211 moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Yana bir hokim o‘rinbosari pora olayotganda qo‘lga tushdi

Ta’kidlash joizki, Olimjon To‘xtanazarov Facebook ijtimoiy tarmog‘ining faol foydalanuvchilaridan biri sanaladi. O‘zining rasmiy akkauntida deputat o‘zi amalga oshirgan xayrli ishlar haqida axborot berib boradi. Qo‘lga olinishi arafasida deputat bolalar bog‘chasini qayta tiklanishiga bag‘ishlangan post e’lon qilgan.

To‘xtanazarov joriy yilning may oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomzodini tinchlik bo‘yicha Nobel mukofotiga ilgari surish taklifi bilan mashhur bo‘ldi.

Deputat bu taklifni O‘zbekiston rahbariga "O‘zbekiston qahramoni" unvonini berish bo‘yicha petitsiya 10 mingta imzo olganidan so‘ng bildirgan edi. Ammo ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘shanda xalq vakiliga o‘z ishi bilan shug‘ullanishni maslahat berishgandi.