Amir Temur xiyoboni va markaziy ko‘chalari bo‘ylab otliqlar paradi bo‘lib o‘tdi.
Otliqlar marshi o‘qituvchi va murabbiylar bayrami munosabati bilan tashkil etildi.
Paradda Davlat xavfsizlik xizmati chegara qo‘shinlari, Ichki ishlar vazirligi qoshidagi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash ,osh boshqarmasi, Milliy gvardiya otliq eskadroni xodimlari, shuningdek, respublikaning ot sporti yo‘nalishlari bo‘yicha terma jamoalarining yetakchi sportchilari ishtirok etishdi.
Ular tantanali xizmat va sport kiyimlarida, O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘targan holda Toshkentning markaziy ko‘chalari bo‘ylab yurishdi.